TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri, Lenin tumani №1 IIB xodimlari payshanbaga o‘tar kechasi Kuliyev va Pushkin ko‘chalarida joylashgan fohishaxonalarga reyd uyushtirdi, deb xabar qilgan Sputnik Qirg‘iziston.
"Tadbir davomida intim xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan 12 nafar qiz hibsga olindi. Ularning barchasi shaxsini tasdiqlash uchun Lenin tumani IIBga keltirildi", — deyilgan xabar matnida.
Ma’lum qilinishicha, qizlardan barmoq izlari olinib, ular kartotekaga kiritilgan.