TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. RIA Novosti nashrining ma’lum qilishicha, Gurbanguli Berdimuhammedov 600 nafardan ortiq kishini afv etgani haqida shanba kuni Turkmaniston mahalliy matbuotlari xabar tarqatgan.
Turkmaniston rahbari tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, 586 nafar Turkmaniston fuqarosi va 26 nafar xorijiy davlatlar fuqarolari jazo o‘tashdan ozod qilingan.
Berdimuhammedov afv etilgan kishilar Qadr kechasini o‘z oilalari davrasida qarshi olishlari uchun qisqa muddatlarda ozod qilish va ularga ishga joylashish masalalarida yordam berish vazifasini topshirdi.
Aytish joizki, avf etish aktlari Turkmanistonda noyob hodisa emas. Mamlakatda nishonlanadigan milliy bayramlar sharafiga yiliga 3-4 marotaba avf etish holatlari o‘tkazilib turiladi. Darvoqe, Gurbanguli Berdimuhammedov chet eldagi chiqishlarining birida "Turkmaniston qamoqxonalaridagi mahbuslar soni o‘n ming kishidan oshmasligi" haqida gapirgan.