Istambuldagi terrorchilardan ikki nafarida Rossiya pasporti bo‘lganligi aniqlandi

© REUTERS / Osman OrsalNa meste terakta v mejdunarodnom aeroportu Ataturka v Stambule, Tursiya
Na meste terakta v mejdunarodnom aeroportu Ataturka v Stambule, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istambul aeroportiga hujum uyushtirgan terrorchilarning ikkitasi Rossiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Istambul aeroportida terakt uyushtirgan terrorchilardan ikki nafarida Rossiya pasporti bo‘lganligi aniqlandi, RIA Novosti DHA agentligi xabariga asosan.

Rakima Bulgarova va Vadim Osmanov nomli terrorchilarda Rossiya pasporti bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu ma’lumotlar hozircha rasmiy tasdig‘ini topgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Istambul aeroportiga uch terrorchi uyushtirgan hujum oqibatida 43 kishi qurbon bo‘ldi, 239 kishi jarohatlandi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim fojeaga «Islom davlati» aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillar bor dedi.

Keyinroq olingan xabarlarga ko‘ra, Turkiya maxsus xizmati xodimlari 16 manzil bo‘yicha yoppasiga o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida 13 Turkiya fuqarosi va 14 chet el fuqarolari hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0