TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Yozgi mavsumda yo‘lovchilar oqimi sezilarli darajada kamaygani munosabati bilan, Toshkent metropoliteni ma’muriyati poyezdlardagi vagonlar sonini to‘rttadan uchtagacha kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildilar, deb xabar bermoqda Nuz.uz.
Yer osti transporti rahbariyati izohiga ko‘ra, bu chora-tadbirlar elektrenergiyasi manbaini tejash maqsadida amalga oshirilgan. Uchta vagonli poyezdlar faqat yoz oylarida harakatlanishi, kuz mavsumiga kelib, yo‘lovchilar oqimi yana ortganda, vagonlar soni yana to‘rttaga qaytarilishi xabar qilinmoqda.