TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. XXR Raisi Si Szinpin Xitoyning bugungi bosh strategiyasi mamlakatning xalqaro hamjamiyat oldidagi mavqeyiga mos armiya yaratish ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
"Mamlakatimizning xalqaro hamjamiyat oldidagi mavqeyiga mos keladigan armiyani yaratish — bizning strategik vazifamizdir. Biz iqtisodiy rivojlanishimizni mudofaa rivojlanish bilan birlashtirib, armiyamizni modernizatsiya qilishimiz lozim. Xitoy armiyasi zamonaviy va standartlashtirilgan bo‘lishi kerak… Biz harbiy sohada islohotlarni haroqlama ilgari surib, bor kuchimizni intizomli va g‘alaba qozonishga qodir armiya yaratishga qaratishimiz lozim", — deb ta’kidlagan Si Szinpin Xitoy Xalq Kommunistik partiyasining 95-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘inda.
XXR Raisi, shuningdek, Xitoy "faol mudofaa" strategiyasiga amal qilishini hamda boshqalarga hujum uyushtirish, yoxud o‘z "mushaklarini" ko‘z-ko‘z qilish niyatidan yiroqligi haqida gapirgan.
Shuni ta’kidlash joizki, harbiy budjeti eng katta bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida Xitoy AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi (2 millionlik armiyaga ega Xitoyning harbiy budjeti 146 milliard dollarni tashkil etadi).