TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. "Menga NATO, shuningdek, NATOga a’zo bo‘lmagan qo‘shnilarimizdan foydalanish g‘oyasi juda manzur keldi", deb aytgan Tramp AVS telekanaliga bergan intervyusida. RIA Novosti xabari asosida.
Milliarderning fikricha, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi AQShdan haddan ziyod ko‘p harbiylar jalb qilingan.
"Men bizdan haddan ziyod ko‘p odam jalb qilinishini xohlamayman. Men NATO jalb qilinishini xohlayman", — deb aytgan Tramp va AQSh NATOga ulkan mablag‘lar sarf qilayotganini alohida ta’kidlagan holda.
Bundan tashqari, amerikalik milliarder alyans "terrorchilik masalasi bilan ko‘ngildagidek shug‘ullanmayotganini" qo‘shimcha qilgan.
Tramp bundan oldin ham bu borada gapirgan va NATOni eskirgan tashkilot sifatida tilga olgan edi.