TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Moskvaning Vnukovo aeroportidan Samarqandga qarab uchishi lozim bo‘lgan "Yuteyr" aviakompaniyasi reysi layner hojatxonasida sigaret chekkan yo‘lovchi tufayli bir soatga kechiktirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchi samolyotga chiqishi bilan, hojatxonaga kirib sigaret chekkan.
"Yo‘lovchi hech qanday to‘s-to‘polon ko‘targani yo‘q, u samolyotga chiqiboq, hojatxonaga kirib, sigaret chekkan", — deb xabar bergan aeroport vakili. Vnukovo aeroporti xodimi, gap 9:35da o‘z manzili tomon yo‘l olgan samolyot haqida borayotganini tasdiqlagan.
Erkak reysdan qoldirildi, u O‘zbekiston fuqarosi. Samolyot bortida sigaret chekish qonunan ta’qiqlangan, shu bois, yo‘lovchi ma’muriy javobgarlikka tortiladi", — deya aniqlik kiritgan aeroport vakili.