TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Belarussiyada 2016-yil 1-iyul sanasidan milliy valyuta denominatsiyasi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mamlakatda sobiq Ittifoq davridan buyon birinchi marta metall tangalar paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Mamlakat aholisi eski pullarni 2016-yilning 31-dekabriga qadar yangi ko‘rinishdagi valyutalarga almashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Xabarga ko‘ra, yangi Belarus banknotalari to‘rtta noldan mahrum bo‘ladi. Muomalada faqatgina 5, 10, 20, 50, 100, 200 va 500 belarus rubli nominalidagi qog‘oz pullar qoladi.