TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ushbu yilning 1-yanvaridan boshlab eng kam ish haqi miqdori 6204 rublni tashkil qilardi. May oyida Davlat Dumasi qabul qilgan yangi qonunga ko‘ra, 1-iyuldan boshlab u 1296 rublga oshirildi, RIA Novosti xabariga asosan.
EKIH miqdorini 21%ga oshirish haqidagi qonun Davlat Dumasiga “Yedinaya Rossiya” partiyasi a’zolari tomonidan Dmitriy Medvedev tashabbusi bilan kiritildi. Shunday qilib eng kam ish haqi va yashash uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdorining 64,7% tashkil qildi. Dmitriy Medvedevning bayonotiga ko‘ra, 2020-yilga kelib EKIH miqdori tenglashishi mumkin.
“EQIH miqdorida oylik olayotgan ishchilar oyligi bilan bir qatorda unga yaqin miqdorda oylik olayogan ishchilar maoshi ham oshadi. Bu qariyib bir millionga yaqin kishi. Ulardan 87% — davlat va munitsipal tashkilotlari xizmatchilari, 13% — nodavlat tashkilotlar ishchilari”, — deb xabar berishdi Rossiya Mehnat vazirligida.
Rossiyada yashash uchunkerakli mablag‘ miqdorini Hukumat tomonidan belgilanadi.Ushbu raqam federal ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda, EKIH, stipendiya, posobiya va ijtimoiy to‘lovlar miqdorini belgilashda hamda davlat budjetini hisoblashda ham ishlatiladi.