TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Muassasa xabariga ko‘ra, Alvares 1898-yilda tug‘ilgan, ikki yoshligida Mexikoga ko‘chib kelgan va hech qachon turmushga chiqmagan. Bir umr uy yumushlari va cho‘qintirgan onasi farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Ayol hatto tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjatga ham ega bo‘lmagan. RIA Novosti xabari asosida.
Shahar vazirligi amaldorlari Alvaresni topib, unga tug‘ilganlik guvohnomasini topshirishgan. Ammo, ayol ertasi kuni infarkt tufayli dunyodan ko‘z yumgan. "Xabar qilamizki, baxtimizga qarshi Trinidad Alvares Lira bizning tashrifimizdan bir kun o‘tib, dunyodan ko‘z yumdi, shu kunga qadar, ehtimol u Mexiko shahrining eng keksa fuqarosi bo‘lgan", — deyiladi muassasa xabarida.