Dunyoda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramida

Dollar piramidasi
Dollar piramidasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mana bir asr davomida dunyoning u yoki bu mamlakatida vaqti-vaqti bilan moliyaviy piramidalar paydo bo‘lmoqda. Ular kichik ko‘zbo‘yamachilikdan davlat miqyosidagi ulkan firibgarlik darajasigacha bo‘lishi mumkin. Ko‘rinishi qanday bo‘lmasin barcha piramidalar bir xil ishlaydi va ularning oxiri ham bir xil - baxtsizlik va qashshoqlik bilan tugaydi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik.  Turli ko‘rinish, turli usular bilan odamlardan ter to‘kib ishlab topgan pullarini o‘marishni o‘zigan maqsad qilib olgan firibgarlar qo‘liga tushmaslik uchun moliyaviy piramida nima ekanligini u qanday ishlashi kerakligini yaxshi bilsh kerak.

Moliyaviy piramida shunday tashkilot-ki, unda daromad tashkilot ish faoliyati keltirgan foyda evaziga emas, yangi jalb qilingan saromoyalar evaziga olinadi.

Ya’ni, piramida faoliyati boshida qo‘shilgan sarmoyadorlar, ikkinchi o‘rinda qo‘shilganlarning pulidan foyda oladi. Ikkinchi o‘rindagilar esa uchinchilardan va hokazo. Lekin har bir narsaning tubi bo‘lgani kabi, bir kun kelib piramidaga qo‘shiluvchilar soni tugaydi, yokin to‘lanadigan foizlar soni kiritiladigan yangi sarmoyalar miqdoridan oshib ketadi va piramida qulaydi. Bunday hollarda zarar ko‘rganlar soni bir mingdan bir necha million kishiga yetadi.

Xo‘sh, bepul pishloq yeyman deb, qopqonga tushmaslik uchun moliyaviy piramidalar haqida nimalarni bilish kerak?

Moliyaviy piramida belgilari

  • biznesga kirish uchun katta miqdorda pul tikish talab qilinadi;
  • qisqa vaqt ichida katta daromad va’da beriladi;
  • tashkilot faoliyati ishonchli uyg‘otadigan reklama qilinadi
  • boshqalarni jalb qilish uchun sovg‘a va mukofotlar va’da beriladi

 

Moliyaviy piramida ko‘rinishlari  

Hozirgi zamonda, moliyaviy piramida turli ko‘rinishlarda uchrashi mumkin.

  • O‘ta daromadli sarmoya. Sarmoyadorlarga juda foydali biznesga yoki yangi texnologiyalarga pul tikish evaziga katta daromad olish va’da beriladi.
© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishMMM reklamasi Zubovskiy bulvarda
MMM reklamasi Zubovskiy bulvarda  - Sputnik O‘zbekiston
MMM reklamasi Zubovskiy bulvarda
  • Tarmoq marketingi. Qandaydir bir mahsulotning yoki dorining mavjud bo‘lmagan xususiyatlarini maqtab qimmatga sotish. Bunday tizimda piramida yaratuvchilar yangi jalb qilingan “xodimdan” katta kirish to‘lovi evaziyaga yashaydi. 90-yillarda MDH hududida keng tarqalgan Gerbalayf va Kirbilar bunga misol bo‘lishi mumkin.
  • Qimor o‘yini. Kazino, Bingo, Loto va boshqa qimor o‘yinlari ham moliyaviy piramidaning bir ko‘rinishi. Bunday tizimda har bir qatnashchi sarmoya kiritadi, va foyda ketma-ket uslubda emas tasodifiy ravishda bo‘linadi. Tizimning ustida esa kazino egasi turib har bir o‘yindan o‘z yutug‘ini oladi. Shuningdek u o‘yinlarga o‘z pulini taikmaydi va hech qanday tavakkal qilmaydi.
  • Uy mehnati ko‘rinishidagi piramidalar. Bunday piramidada xoxlovchilarga ko‘p qiyin bo‘lmagan uy mehnati evaziga yaxshigina daromad va’da beriladi. Lekin buning uchun ular narxga nimanidir qimmatga sotib olishi kerak bo‘ladi.
  • © Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRuletka i igrovie fishki
    Ruletka i igrovie fishki - Sputnik O‘zbekiston
    Ruletka i igrovie fishki

    Moliyaviy piramida faoliyati bosqichlari

    1. Yaratilish. Bunda piramidaning boshliqlari paydo bo‘ladi, uning asosiy g‘oyasi, nomi  yaratiladi va rivojlantirish strategiyasi tuziladi.  
    2. Reklama. Piramida mashhur artistlar va obro‘li kishilar yordamida faol reklama qilinadi, nashrlarda buyurtma berilgan maqolalar paydo bo‘ladi.
    3. O‘sish. Faol reklamadan keyin piramida sarmoyadorlari soni tez o‘sib boradi. Piramidaning dastlabki muvaffaqiyatli sarmoyadorlari haqida mish-mishlar keng tarqaladi. Bu esa piramidaning yanada o‘sishiga olib keladi.
    4. Portlashi.  Bir kun kelib piramidaga qo‘shiluvchilar soni tugaydi, yokin to‘lanadigan foizlar soni kiritiladigan yangi sarmoyalar miqdoridan oshib ketadi va moliya piramidasi tanazzulga uchraydi. To‘lovlar  to‘xtatiladi, aksiyalar “qulaydi”, dorivor chumolilar, munchoq va “sehrli dorilar” lar hech kimga kerak bo‘lmay qoladi.
    5. Oqibatlari. Piramida yakunida minglab yoki millionlab kishilar o‘z sarmoyalarini, garovga qo‘yilgan uy va avtomobillarini yo‘qotishadi. Ba’zilar bunga chiday olmay suiqasd uyushtirishadi. Piramida boshliqlari qochib ketadi yoki qamoqxonaga o‘tirishadi. Ba’zi holatlarda sarmoyadorlarga mablag‘larining bir qismi qaytariladi.

    Eng mashhur piramidalar va ularning oqibatlari

    Albaniya, 1996-97 yillar. Mamlakatda 7 ta yirik moliya piramidasi o‘sishiga hech kim xalal bermaydi, aksincha davlat ularni himoya qiladi. Piramidalar cheksiz o‘sib aholining bor mablag‘ini — 2 mlrd $ yutib ketadi. O‘zi unchalik boy bo‘lmagan mamlakatda buning natijasida qo‘zg‘olon ko‘tariladi. O‘nlab odamlar qurbon bo‘ladi. Vaziyatga mamlakat qurolli kuchlari aralashishga majbur bo‘ladi. Albaniya hukumati iste’foga chiqadi.  

    Rossiya 1994-yil. 1994-yilning  fevralida Moskvada Sergey Mavrodi MMM  aksiyadorlik jamiyatini tashkil qiladi va 999 ming dona aksiya chiqaradi. Aksiya chiqarilgan vaqtda uning qiymati 1000 rubl bo‘ladi. Lekin Mavrodi o‘z buyrug‘i bilan aksiyalar narxini har kuni 1000 rublga oshirib boradi. Faol reklama va dastlabki sarmoyadorlarga to‘liq foizlar to‘lab borilishi aholi orasida MMMga ulkan ishonch uyg‘otadi. MMMning – 4 oylik foliyati davomida aksiyalar narxi 127 baravar oshadi, piramidaga jalb qilnganlar soni esa 2 mln kishiga yetadi. 1994-yilning 29-iyulida, kutilmaganda, Mavrodi o‘z bo‘yrug‘i bilan aksiyalar narxini yana qaytib 1000 rublga tushiradi. Shu kuni Rossiyaning turli burchaklarida 50 kishi o‘z joniga qasd qiladi. Yuz minglab kishilar uy joysiz yashashga mablag‘siz qoladi.

    Xitoy, 1998-yil. Xitoylik Van Feng ismli “biznesmen” odamlarga xitoy meditsinasi uchun kamob dori ishlab chiqarishga kerak bo‘ladigan chumolilarni yetishtirish “uy mehnati”ni taklif qiladi. Xoxlovchilar Van Fengdan 1000$ evaziga bir quti chumoli sotib olib uni 14 oy davomida yetishtirib 1400 $ evaziga qaytarishi kerak bo‘ladi. Chumoli yetishtirish muddati uzoq bo‘lganligi tufayli, ushbu moliya piramidasi 10-yil davomida faoliyat yuritib keladi. Jalb qilingan mablag‘ 2 mlrd $ dan oshib ketadi, chumoli yetishtirish bilan mashg‘ul bo‘lgan fuqarolar soni esa — 1 million kishidan oshadi. Van Fen ushbu davr ichida Xitoyning eng obro‘li biznesmenlaridan biriga aylanadi, hatto davlat mukofotlari ham oladi. Piramida siri fosh bo‘lganidan keyin esa, Van Fen sud qilinib, o‘limga mahkum etiladi.

    Tojikiston, 2003 yil. Jamshed Siyoyevning “Munchoq biznesi”. Ushbu piramida tashkilotchilari bir xaltacha munchoq va ipni 11 $  evaziga xoxlovchilarga sotishadi. Ikki haftadan keyin esa ipga o‘tkazilgan munchoq qaytib 16$ sotib olinadi. Foyda - 45%ni tashkil qiladi. Qizig‘i shundaki xuddi shunday munchoqning narxi bozorda 1$ bo‘lgan. Piramida qulaganidan keyin 60 ming kishi o‘z mablag‘larini yo‘qotishdi. Piramida tashkilotchisi bir necha yildan keyin qamoqxonada vafot etadi.

    O‘zbekiston, 2016 yil. Toshkentlik Axmad Tursunov klassik moliya piramidasi tashkil qiladi. U aholidan yiliga 100% daromad bilan qaytarib berish evaziga naqd pul, avtomashina, qoramol va tilla buyumlar qabul qiladi. Dastlabki sarmoyadorlarga to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lab boriladi. Odamlar orasida katta foyda keltiradigan biznesda ishlayapti degan mish-mishlar tarqatiladi. Umuman ko‘pchilik pullar nima evaziga ko‘payayotgani bilan qiziqmaydi ham. 2016-yilning 15-iyunida Axmad Tursunov noqonuniy faoliyatiga huquqni saqlash organlari tomonidan chek qo‘yiladi. O‘z vaqtida to‘htatilgan moliya piramidasi aholini katta moliyaviy yo‘qotishlardan saqlab qoldi.

    Moliya pirmidasi tashkil qilgani uchun jazo

    Moliya piramidalari tashkil qilish mutlaq ta’qiqlangan mamlakatlar:  Avstraliya, Avstriya, Albaniya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Dominikana Respublikasi, Eron, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Malayziya, Meksika, Nepal, Niderland, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, AQSh, Tailand, Tayvan, Turkiya, Ukraina, Filippin, Fransiya, Shveysariya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Estoniya, Janubiy Afrika, Yaponiya.

    Birlashgan Arab amirliklari va Xitoyda moliya piramidasi tashkil qilish uchun – o‘lim jazosi belgilangan.

    Rossiyada moliya piramidalarini ta’qiqlovchi qonun 2016-yilning 16-fevralida qabul qilindi.

         Ta’qiqlar, ko‘plab misollar bo‘lishiga qaramasdan moliya piramidalari, yuz yildan beri u yoki bu mamlakatda har zamonda paydo bo‘lib turadi. Moliyaviy piramidalarning qayta-qayta paydo bo‘lishida asosiy uchta sabab bor:

    1. Ochko‘zlik — dunyoda har doim hech nima qilmasdan, birdan boyib ketishni istaydiganlar ko‘p bo‘lgan;
    2. Soddalik, go‘llik  — iqtisodning eng oddiy qonunlarni bilmaslik, dunyo tarixidan bexabarlik;
    3. Mamlkatda sarmoyalar joylashtirish tizimining rivojlanmagani;

    Dunyodagi bugungi kunda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramida

    Gap so‘ngida, bir savol, bugungi kunda eng ulkan moliyaviy piramidani bilasizmi?

    Shkola Jizni yozishiga qaraganda, dunyoda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramida bu — AQSh dollari.

    1944 yilda, dunyodagi aksariyat mamlakatlar kelishuvi asosida, Bretton-Vud konvensiyasi imzolangan edi.  Unga ko‘ra AQSh hukumati barcha mamlakatlarga, har doim va har qanday sharoitda 35 dollarni bir unsiya oltinga almashtirishga va’da bergan, buning evaziga esa, AQSh dollari mamlkatlar orasida savdo-sotiq uchun ishlatiladigan xalqaro valyutaga aylantirilgan edi.

    Xalqaro bozorda olib-sotish operatsiyalari uchun qaysi mamlakatga dollar kerak bo‘lsa, u AQSh dan oltin hisobiga sotib olar, mamlakatlararo olib-sotish uchun kerak bo‘lgan mablag‘ni davlatlar o‘z hisob raqamlarida AQSh dollari ko‘rinishida saqlar edi.

    Oradan 27-yil o‘tib, AQSh hech kim bilan kelishmagan holda, o‘z va’dasidan voz kechadi. Dollar AQSh hukumatiga kerak bo‘lgan hajmda, qo‘shimcha chop etila boshlaydi. Natijada dollar kursi qisqa vaqt ichida bir necha baorbarga tushib ketadi, oltin narxi esa ko‘tarilib ketadi. O‘z moliyaviy zahiralarini dollar hisobida saqlayotgan barcha mamlakatlar katta iqtisodiy zarar ko‘radi.

    Aytmoqchi, ushbu inqroz faqat Germaniyani chetlab o‘tadi. Germaniya 1971-yilning boshida o‘z valyuta zahiralarini (5 mlrd dollar) to‘liq hajmda oltinga almashtirib, Bretton-Vud tizimidan chiqib olishga ulguradi.

    Dollar piramidasi MMM moliyaviy piramidasini juda eslatadi: bir kishi, shaxsiy foyda yo‘lida, oddiy qog‘ozda "1000 rubl" deb yozib uni ko‘plab miqdorda chop etadi. Barcha OAVlar orqali aholiga "bu ishonchli sarmoya va daromad manbai" deb uqtiriladi. Bunga ishongan odamlar birin ketin oqib kela boshlaydi. Dastlabki bosqichda, va’da berilganidek, ushbu "qog‘oz"lar barchadan qaytib sotib olinaveradi. Lekin, bir kuni kelib "ko‘za sinadi" va millionlab odamlar qo‘lida hech kimga kerak bo‘lmagan oddiy qog‘ozni ushlab qolishadi. 

    Bugungi kunda AQShning kuchli targ‘iboti va siyosati evaziga dollar dunyoda ishonchli valyutalardan biri hisoblanadi, vaholanki, u hech narsa bilan ta’minlanmagan, ayrim ma’lumotlarga qaraganda, dollar hajmi dunyodagi barcha mahsulot hajmidan o‘n barobar ortiqcha. Bir kun kelib dollar narxi keskin tushib ketsa yoki Ahmadboy aytganidek, "biror kor-hol bo‘lib qolsa" — hech kim buning uchun javob bermaydi.

    Yangiliklar lentasi
    0