O‘zbekiston o‘z fuqarolarining Istambuldagi teraktga aloqadorligini tasdiqlamadi

© Sputnik / Irina Popova / Mediabankka o‘tishIstambuldagi Otaturk aeroporti
Istambuldagi Otaturk aeroporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin bir qator OAVlar Stambuldagi teraktga Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari aloqador deb xabar bergandi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston xuquqni saqlash organlari Turkiya rasmiylaridan O‘zbekiston fuqarolarining teraktga aloqador ekanligi haqida hech qanday xabar olmaganini xabar qilishgan edi.

«Biz Turkiya tomonidan hech qanday bildirish olmadik, agar ma’lumot kelsa biz belgilangan tartibda harakat qilamiz», — dedi huquqni saqlash muassasa vakili.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Istambul aeroportiga uch terrorchi uyushtirgan hujum oqibatida 43 kishi qurbon bo‘ldi, 239 kishi jarohatlandi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim fojeaga «Islom davlati» aloqadorligini ko‘rsatuvchi  omillar bor dedi.

Keyinroq olingan xabarlarga ko‘ra, Turkiya maxsus xizmati xodimlari 16 manzil bo‘yicha yoppasiga o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida 13 fuqaro va 3 chet el fuqarolari hibsga olingan.

Yangiliklar lentasi
0