O‘zbekistonda jinoyatlar milliy bazasi tashkil qilindi

© fotoliaJinoyatlar bazasi
Jinoyatlar bazasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tizimni kiritish jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan barcha muassasalar ishini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyat tezligini oshiradi va qilinayotgan qarorlar sifatini yaxshilaydi. Undan tashqari yangi tizim huquqni saqlash organlarining faoliyatini ochiqligini ta’minlaydi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda jinoyatlarning milliy onlayn bazasi yaratildi. Ushbu baza iyul oyida ishga tushishi kerak, Nuz.uz xabariga  asoan.

Nashr xabariga ko‘ra, shu damga qadar O‘zbekistonda jinoyatlarni hisobga olish yagona milliy bazasi bo‘lmagan. Ma’lumotlar turli huquqni saqlash organlari tomonidan alohida to‘plab borilgan. Bu, muassasalarni avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumot to‘plash va analiz qilish imkonidan mahrum qilgan. Undan tashqari milliy ma’lumotlar bazasi boshqa mamlakatlar bazalari va xalqaro bazalar bilan ulash imkonini beradi.

Yangi tizim kiritish jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan barcha muassasalar ishini muvofiqlashtiradi, ularning faoliyat tezligini oshiradi va qilinayotgan qarorlar  sifatini yaxshilaydi. Undan tashqari yangi tizim huquqni saqlash organlarining faoliyatini ochiqligini ta’minlaydi.

Yangiliklar lentasi
0