O‘zbekistonda eng bozori chaqqon i/b avtomobillar e’lon qilindi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishAvtomobillar parkovkasi
Avtomobillar parkovkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iste’molda bo‘lgan avtomobillar bozorida ommaboplik bo‘yicha birinchi o‘rinda Chevrolet (46%), ikkinchi o‘rinda VAZ (19%) va uchinchi o‘rinda Daewoo (12%) egallagan.

TOShKENT, 30-iyun —  Sputnik. O‘zbekistonda eng yirik bo‘lgan Olx.uz internet-e’lonlar xizmati aholi orasida qanday  foydalanilgan avtomobillar ommaviy ekanligini tahlil qilib, ularning reytingini tuzdi. Reytingda 2016-yilning yanvar oyidan may oyigacha bo‘lgan davrda olx.uz sayti orqali sotilgan avtomobillar haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan.

Shunday qilib, iste’molda bo‘lgan avtomobillar bozorida ommaboplik bo‘yicha birinchi o‘rinda Chevrolet (46%), ikkinchi o‘rinda VAZ (19%) va uchinchi o‘rinda Daewoo (12%) egallagan. Qolgan markalar esa Mercedes, BMW, GAZ, Moskvich, ZAZ, Audi, Toyota ketma-ketligida joylashgan.

Aniq modellar borasida esa ommaviyligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Chevrolet Spark, Chevrolet Nexia, Chevrolet Matiz, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Lacetti, Daewoo Nexia, Daewoo Matiz, Chevrolet Captiva, VAZ 2106 joylashgan.

Olx.uz xizmati orqali iste’molda bo‘lgan yengil atvomobillarni sotib olish bo‘yicha 97 % bitimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Olx.uz bu sobiq Torg.uz  bo‘lib O‘zbekiston hududidagi eng ommaviy e’lonlar maydonchasidir. Xizmat bazasi 120 ming e’londan tashkil topgan va har oyda 80 ming e’lon evaziga kengayib bormoqda. Olx.uz O‘zbekistonda eng ommaviy saytlar o‘ntaligiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0