Meksika prezidenti Trampni Gitlerga tenglashtirdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishMeksika prezidenti Enrike Penya Nyeto
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Atrof “siyosiy aktorlar” va siyosiy rahbarlarga to‘la, ular populistik qarashlarni bayroq qilib olib, o‘n yillar mobaynida qurilgan tizimni barbod qilishga urinadilar”, - deb ta’kidlagan Meksika rahbari.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. AQSh prezidenligiga nomzod Donald Trampni Adolf Gitler va Benito Mussolinaga qiyoslash orqali, odamlarga populizm qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi edim, deb ta’kidladi Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto Ottava shahrida o‘tkazilgan Shimoliy Amerika mamlakatlari rahbarlari sammitida. RIA Novosti xabari asosida.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil mart oyida Nyeto Tramp nutqlarining “quloqni teshadigan ohangini” Gitler va Mussolini singari tarixiy shaxslar chiqishiga qiyoslagan edi. Meksika prezidenti, o‘sha vaqtda "Tramp murakkab masalalarga noreal darajada oddiy yechimlar taklif qilishga usta", deya ta’kidlagan.

"Gitler, Mussolini… biz hammamiz ular taqdiri qanday yakun topganidan yaxshi xabardormiz. Bu qiyoslash nimaga erishdigu, yana nimalarga erishishimiz mumkinligi borasida odamlarni bir oz fikrlashga chorlash uchun aytilgan edi”, deb ta’kidlagan Meksika prezidenti sammitda. Uning so‘zlaridan Reyter agentligi iqtibos keltirgan.

"Atrof “siyosiy aktorlar” va siyosiy yetakchilarga to‘la. Ular populistik qarashlarni bayroq qilib olib, o‘n yillar davomida qurilgan tizimni barbod qilishga urinadi. Ammo, xalqaro hamjamiyat kelajagi “izolyatsiya emas, integratsiya yo‘lidan borishi kerakligi sabab, prezidentlik kursisini kim egallashidan qat’iy nazar, Meksika AQSh bilan hamkorlik qiladi", deya to‘z nutqiga yakun yasagan Enrike Nyeto.

Yangiliklar lentasi
0