TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Neft narxi bir kun kelib baribir ko‘tariladi, deb taxmin qilmoqda AQSh prezidenti. Bu haqda National Observer nashri asosida RIA Novosti xabar bergan.
"Hozir neft arzon, lekin u qimmatlashadi. Va borgan sari qimmatlashaveradi, chunki u miqdori cheklangan resurslardan biridir va uni yer ostidan qazib olish tobora qimmat jarayonga aylanib boraveradi", — deb bayonot qildi Amerika prezidenti Ottavada o‘tgan Shimoliy Amerika mamlakatlari yetakchilari sammitidagi chiqishi vaqtida.
Obama, shuningdek, ekologik toza energiya manbalaridan kengroq foydalanishga da’vat qilgan.