TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ukraina harbiy kuchlari DXR hududidagi Debalsevo yaqinida hujumga o‘tishdi. Ukraina qo‘shnlari DXR hududi tomoni 4 kilometrga yaqinlashdi, DXR Mudofaa vazirligi xabari asosida.
“Bugun ertalab soat yettidan sakkizgacha ukraina harbiylari artilleriya va zirhlangan mashinalar ko‘magida Debalsevo yo‘nalishida hujum uyushtirishdi. Shu bilan bir vaqtda Ukraina harbiylari o‘z pozitsiyalarini DXR hududi tomon 4 kilometrga, Logvinogo aholi punkti yaqiniga ko‘chirdi”, — deyilgan Mudofaa vaziri xabarida.
“Hujum Logvinovo yaqinida ro‘y berdi. U yer xalq militsiyasi nazorati ostida, janglar haligacha davom etmoqda. Qurbonlar va yaralanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q”, — dedi Eduard Basurin, DXR qo‘mondani o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yili Ukrainada bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarilishi natijalarini tan olishni istamagan Lugansk Xalq respublikasi va Donesk Xalq respublikasi o‘zining mustaqilligini e’lon qilgan edi. Shundan keyin Kiyev Donbassda harbiy operatsiya boshlagan edi. Tinchlik o‘rnatish uchun imzolangan Minsk shartnomalariga qaramasdan, ikkala tomondan ham otishmalar doimiy ravishda bo‘lib turmoqda.