TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Ertaga, 30-iyun kuni «O‘zbekiston», «Toshkent» va «Yoshlar» telekanallarida Ahmad Tursunov haqida hujjatli film namoyish etiladi, Uz24.uz xabariga asosan.
Bir soat davom etadigan ushbu filmda Ahmadboyning noqonuniy faoliyati haqida batafsil hikoya qilib beriladi. Filmda shuningdek Ahmadboyning iqror bo‘lishi va sharhlari ham keltirilgan.
Hujjatli film “O‘zbekiston” telekanalida soat 18:00da, “Toshkent” kanalida 18:20 da va “Yoshlar”da 20:20 da namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadboy 15-iyun kuni huquqni saqlash organlari tomonidan hibsga olingan edi. Uning uy-joyi tintuv qilinganda 13 mlrd so‘m va 7,9 mln dollar naqd pul topilgan edi. Ahmadboy aholidan yillik 100% daromad va’dasi bilan milliy va xorijiy valyutalarda katta miqdorda pul mablag‘lari qabul qilgan.
Ahmadboy uyidan topilgan daftarlardagi xabarlarga ko‘ra, pul berganlar soni 45 mingga yaqin. Bugungi kunda Toshkent viloyatining Chinoz tumani IIBda tunu-kun davomida zarar ko‘rganlardan arizalar qabul qilinmoqda. Tergovchilar ariza berganlardan shaharni tark etmaslikni so‘rashmoqda.