TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Turkiya razvedkasi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Istambuldagi aeroportda terakt sodir etishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida 20 kun oldin ogohlantirish yo‘llagan, deb ta’kidlamoqda CNN telekanali. RIA Novosti xabari asosida.
CNN Turk xabariga ko‘ra, ogohlantirishda nomi tilgan olingan portlash amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan joylar orasida Istambuldagi Otaturk xalqaro aeroporti ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskva vaqti bilan 22.00da Istambul shahridagi Otaturk aeroportida uchta portlash sodir etildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, teraktlar oqibatida 41 kishi qurbon bo‘lgan.