TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Istambulda ro‘y bergan teraktlar tufayli Turkiya prezidentiga hamdardlik maktubini yo‘lladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot-xizmati.
"2016-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajep Tayyip Erdog‘anga Istambul shahridagi xalqaro aeroportda sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan maktub yo‘lladi", — deyiladi xabar matnida.
Mamlakatimiz rahbari Prezidentga va qardosh turk xalqida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.