Putin va Erdo‘g‘on davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga kelishib olishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Toyib Erdo‘g‘on telefon qo‘ng‘irog‘i davomida davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldilar. Putin ayni vaqtda Turkiyadan turizm sohasida qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga buyruq bergan.

TOShKENT 29-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan o‘tkazgan telefon suhbatida Turkiyaga nisbatan e’lon qilingan turizm sohasiga oid cheklovlarni bekor qilish masalasini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tomonlar, shuningdek, tez orada uchrashuv o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishgan, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

"Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, Turkiya prezidenti tomonidan bizga yo‘llangan maktubdan so‘ng, turkiyalik hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yaxshilash borasida jarayonni ishga tushirish qarorini qabul qildik. Bugun Turkiya prezidenti bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdim. Suhbatimiz avvalida, men, albatta, bugun Istambulda yuz bergan portlashlar munosabati bilan Turkiya prezidentiga va butun turk xalqiga chuqur hamdardlik izhor qildim", — deb bayonot qilgan Rossiya prezidenti hukumat kengashi majlisida.

Yangiliklar lentasi
0