TOShKENT, 29-iyun – Sputnik, Alena Palajchenko. Istambul Xalqaro aeroportidagi terakt qurbonlari soni 41 kishiga yetdi, ulardan 13 kishi – chet el fuqarolari, deb xabar bermoqda RIA Novosti, shahar ma’muriyati xabari asosida.
“41 kishi qurbon bo‘ldi, ulardan 13 kishi chet el fuqarolari. Qurbonlardan 37 kishining shaxsi aniqlangan, qolgan 4 kishining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlanganlar soni 239 kishiga yetdi. Ulardan 109 kishiga uylariga javob berildi, qolganlar tibbiy yordam olmoqda”, — deyilgan xabarda.
Turkiya OAVlari xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lgan 13 kishidan – 5 kishi Saudiya Arabistoni fuqarosi, ikki kishi Iroq fuqarosi, qolganlar O‘zbekiston, Ukraina, Eron, Iordaniya, XXR va Tunis fuqarolaridir.
Sputnik Turkiya sahifasida aeroportda qurbon bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi Muxiddinov Samat deb ko‘rsatilgan.
BREAKING: Death toll from #Istanbul attack reaches 40. Media publishes names & citizenship https://t.co/3d1RsoO04h pic.twitter.com/F9tBz0kL0L
— Conflict News (@Conflicts) 29 iyunya 2016 g.