Xitoy O‘zbekiston uchun 200 mln $ kredit yo‘nalishini ochdi

Obuna bo‘lish
Xitoyning O‘zbekiston istisodiyotiga qilgan sarmoyasi 6,5 mlrd $ dan oshdi. O‘zbekistonda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 651 qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Szinpinning yaqinda bo‘lib o‘tgan muzokaralari davomida mamlakatlar neft va gaz hamda transport sektorida 200 mln $ lik kredit shartnomasi imzolashdi,  deb xabar bermoqda ChinaLogist.

Xitoy va O‘zbekiston yaqin kunlar ichida mamlakatlar orasida avtomobil aloqasi o‘rnatish haqida shartnoma imzolashi haqida ham xabar tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Xitoy orasida strategik hamkorlik haqidagi shartnoma O‘zbekiston va Xitoy orasida o‘tgan Chorshanba kuni,  XXR raisi Si Szinpinning tashrifi davomida imzolangan edi.  

XXR raisi aytishiga qaraganda, muzokaralar davomida  mamlakatlar energetika sohasida yangi investitsion loyihalar ishlab chiqarish, O‘zbekiston texnologik parklarni Xitoydan yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish orqali  boyitish haqida kelishib olishgan.

Muzokaralar natijasida tomonlar texnik-iqtisodiy, sarmoyaviy, tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga va qiymati 200 mln bo‘lgan o‘zaro savdo va kredit shartnomalari tuzishdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotida Xitoy eng yirik tashqi savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda.  O‘zbekiston iqtisodiyotiga Xitoyning  umumiy sarmoyasi 6,5 mlrddan oshdi.

Islom Karimovning Xitoyga 2014-yilda bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi davomida tomonlar 2014-2018 yillarda strategik hamkorlikni rivojlantirish haqida kelishib olishgan edi. Ushanda umumiy qiymati 6 mlrd bo‘lgan shartnomalar imzolanganedi. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston iqtisodining turli sohalarida Xitoy sarmoyasi ishtirokida 651 qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0