Istambul aeroportida 36 kishi qurbon bo‘ldi

© REUTERS / /Osman OrsalIstambul aeroportidagi terakt
Istambul aeroportidagi terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Istambulning boshqa joylarida ham portlashlar bo‘lgan. Xususan metro bekatlaridan biriga kirish joydagi portlash haqida xabar bor.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. 28-iyun Moskva vaqti bilan soat 22lar atrofida Istambuldagi Otaturk xalqaro aeroportiga terrorchilar hujum uyushtirdi, Sputnik Turkiya xabariga asosan. 

Aeroportga kirish, chiqish va avtomobillar to‘xtash joyida sodir bo‘lgan uchta portlashda 36 kishi qurbon bo‘ldi, 147 kishi yaralangan. Guvohlar aytishiga qaraganda aeroportga ikki terrorchi hujum uyushtirgan. Ular aeroport hududuida 3ta granta tashlagan va o‘qotar quroldan 50 ka yaqin o‘q uzgan.  

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Stambulning boshqa joylarida ham portlash bo‘lgan. Xususan metro bekatlaridan biriga kirish joydagi portlash haqida xabar bor. Tezordam mashinalari va taksilar jarohatlanganlarni kasalxonalarga yetkizmoqda.  

Ba’zi OAVlar 50 kishi qurbon bo‘ldi degan ma’lumotlarni tarqatmoqda. Ayni damda qurbonlar va jarohatlanganlar soni, hamda fojeaning qolgan tafsilotlari aniqlanmoqda.

Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on, Fransiya przidenti, Germaniya kansleri, BMT bosh kotibi va boshqalar ushbu fojeaga aloqador kuchlarni qattiq qoraladi.

AQSh Istambulga barcha parvozlarni bekor qildi.

Yangiliklar lentasi
0