TOShKENT, 28-iyun – Sputnik, Angelina Timofeyeva. Germaniya IIV rahbari Tomas de Mezyer Rossiya, Xitoy va Eronni mamlakat hududida josuslik faoliyatini olib boruvchi eng muhim o‘yinchilar, deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mezyer bu so‘zlarni aytar ekan, kontrrazvedka tashkilotining 2015-yildagi faoliyati aks ettirilgan hisobotni taqdim etgan.
"Josuslik haqida ikki og‘iz so‘z – hech kimga sir emas, Germaniyada josuslik bilan chet el maxsus xizmatlari shug‘ullanishadi. Ular o‘z faoliyatini internet orqali olib borishmoqda… Va nafaqat u yerda. Dalillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2015-yilda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Eron Islom Respublikasi Germaniyada chet el josuslik faoliyatida yetakchi o‘yinchilar bo‘lgan", — degan de Mezyer seshanba kuni jurnalistlarga.