TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasida berilgan xabarga ko‘ra, bugun ertalab binoning to‘rtinchi qavatida, kafe va restoranlar joylashgan qavatida, barbekyu uchun mo‘ljallangan apparat nazoratsiz qoldirilgani sabab, umumiy ovqatlanish punktlarining birida tutun chiqishi holati ro‘y bergan.
"Kuchli yong‘in ro‘y bermagan, biz borgunimizga qadar nohush holatning oldi olinib bo‘lingan edi. Dispetcherlik punktiga kelib tushgan signaldan so‘ng, hodisa ro‘y bergan joyga sakkizta yong‘in mashinasi yo‘l oldi, ulardan beshtasi yarim yo‘ldan ortga qaytdi. Belgilangan manzilga faqatgina uchta mashina yetib keldi, ammo ulardan foydalanilmadi. Megaplanet ko‘ngilochar-savdo majmuida atrofga tutun tarqalgan, xolos. Yong‘inni bartaraf etish tizimi ishga tushishi bilan markaz xodimlari yong‘inni bartaraf etishgan. Kki kvadrat metr joygina zarar ko‘rgan, xolos. O‘t o‘chiruvchilar hududni ko‘rib chiqib, ventilyatsiya shaxtasini tekshirib chiqib, shundan so‘ng ortga qaytishgan”, — deb xabar qildi suhbatdosh.
Hodisa tufayli hech kim jabr ko‘rmagan. Hozirda markaz o‘z faoliyatini kundalik tartibda amalga oshirmoqda.