TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Ayni kunlarda korxona xorijlik hamkorlar bilan dastlabki ekport sharnomasi imzolash borasida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Bu yerda plastmassa va metalldan tayyorlanayotgan ellikdan ortiq turdagi mahsulotlar orasida sport anjomlari, kichkintoylar velosipedi, o‘zi harakatlanadigan o‘yinchoq mashinalar ham bor. Yaqinda mazkur kichik biznes subyektida yangi turdagi yana bir mahsulot — bolalar o‘yin maydonchasini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Plastmassa hamda yengil metall konstruksiyalardan iborat ikki qavatli qurilma bir vaqtning o‘zida 15 nafar bolajonga xizmat qiladi.
— Asosiy e’tiborni ekologik jihatdan bezarar va bolajonlarga yoqadigan o‘yinchoqlar turini ko‘paytirishga qaratayapmiz, — deydi jamiyat rahbari Tolibjon Abdurahimov. — Bu, o‘z navbatida, tashqi bozorga chiqish imkoniyatini ham yuzaga keltirmoqda. Misol uchun, ayni kunlarda xorijlik hamkorlar bilan dastlabki eksport shartnomasini imzolash arafasida turibmiz.
Viloyat iqtisodiy salohiyatini oshirishda kichik biznes subyektlarining ishtiroki tobora kengayib borayotir. Jumladan, joriy yil birinchi choragida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 32,5 % ayni shu soha vakillari hissasiga to‘g‘ri keldi.