Namanganlik ayol o‘yinchoq to‘pponcha bilan tilla buyumlar sotiladigan do‘konga hujum qildi

Obuna bo‘lish
Yuzini qora chulki bilan to‘sib olgan Zamira Shahbozova o‘yinchoq to‘pponcha yordamida sotuvchidan oltindan yasalgan taqinchoqlarni paketga joylab berishni talab qilayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Namanganda zargarlik do‘konini o‘marmoqchi bo‘lgan 51 yashar ayolni qo‘lga olgan. Jinoyatchi kattagina miqdordagi tilla taqinchoqlarni niqob va o‘yinchoq to‘pponcha yordamida qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Nvosti.

"Yuzini qora chulki bilan to‘sib olgan Zamira Shahbozova o‘yinchoq to‘pponchani sotuvchiga o‘qtalgan holda oltindan yasalgan taqinchoqlarni paketga joylab berishni talab qilayotgan vaqtda qo‘lga olingan", — deb xabar qilgan Namangan viloyati prokuraturasidagi manba.

Hozirda voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0