TOShKENT, 28-iyun — Sputnik, Alena Palajchenko. Anqara, urib tushirilgan Su-24 bombardimonchisi uchun Moskvaga tovon to‘lashga tayyor, deb ta’kidladi Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim. RIA Novosti xabari asosida.
"Biz bu hodisadan pushaymon ekanligimizni bildirdik, va shunga zarurat bo‘lsa, urib tushirilgan samolyot uchun tovon to‘laymiz. Ikki mamlakat ham munosabatlar yaxshilanishini xohlamoqda. O‘ylashimcha, ishlar yurishmoqda", — degan Yildirim TRT telekanali efirida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya munosobatlari o‘tgan yilning kuzida, Suriya osmonida Rossiya Havo-Kosmik kuchlariga qarashli bo‘lgan Su-24 bombardimonchi samoyoti Turkiya qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilganidan keyin, keskin o‘zgargan edi. Parashutda sakragan rossiyalik uchuvchi Oleg Peshkov terrorchilar tomonida jang qilayotgan Turkiya fuqarosi tomonida otib tashlangan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu voqeani “Terrorchilar hamtovoqlari tomonidan zimdan berilgan zarba” deb atagan va Turkiyaga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy sanksiyalar kiritgan edi.