O‘zbekiston ShHT sog‘liqni saqlash shartnomasiga qo‘shildi

© SputnikShHT ramzi
ShHT ramzi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov ShHT sog‘liqni saqlash shartnomasini tasdiqladi. Ma’sul muassalarga kerakli topshiriqlar berildi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Shanxay Hamkorligi tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirish haqidagi bitim ini imzoladi.

Islom Karimov O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligini ushbu bitim shartlarini amalga oshirishda ma’sul muassasa deb tayinladi. Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti Tashqi Ishlar vazirligiga ushbu xalqaro shartnoma a’zosi bo‘lish uchun depozitariyga kerakli ma’lumotnoma yuborish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, ShHT davlatlari orasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ilk qadam 2011-yilda qo‘yilgan edi. 2011-yilning 15-iyunida Ostonada bo‘lib o‘tgan sammitida mamalkatlararo shartnoma imzolangan edi.

Bugungi kunda ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston a’zodir. A’zo mamalkatlar orasida turli vazirliklar orasida, huquqni saqlash organlari va boshqa sohalarda hamkorlik o‘rnatilgan va kun sayin rivojlanib bormoqda. Ayni damda ShHT a’zolari orasida 25dan ziyod muassasalararo tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0