Lionel Messi Argentina termasini tark etishini e’lon qildi

© Sputnik / Mariya Plotnikova / Mediabankka o‘tishLionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chili jamoasi darvozasiga urilmagan penaltidan keyin Argentina hujumchisi Lionel Messi jamoani tark etishga qaror qildi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Lionel  Messi Argentina terma jamoasi tarkibida o‘z faoliyatini tugatishini e’lon qildi, R-sport xabariga asosan.

Yakshanba kuni AQShda bo‘lib o‘tgan Amerika qit’asi futbol turnirida Argentina jamoasi Chiliga boy berdi. Yakuniy natija o‘yin oxiridagi penaltilar yordamida aniqlandi. Jamoa boshlovchisi Lionel Messi o‘n bir metrlik masofadan o‘z zarbasini amalga oshira olmadi.

“Men uchun Argentina termasida hammasi tugadi. Bu mening qarorim”, — deb 29 yoshli forvardning so‘zlarinini keltiradi nashr.

Argentina termasi tarkibida Messi 2005-yildan chiqa boshlagan. Mamlakat terma jamoasi tarkibida Messi umumiy hisobda 112 o‘yin o‘tkazdi. Ushbu o‘yinlarda u 55 gol urib o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. 2008-yilda Messi o‘z jamoasi bilan Olimpiada oltin medaliga sazovor bo‘lgan edi.

2014 yildagi Jahon chempionatida Milliy jamoa tarkibida Messi kumush medal sovrindori va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi unvoniga sazovor bo‘ldi.

Undan tashqari Messi “Oltin to‘p” mukofoti laureati.

 

Yangiliklar lentasi
0