O‘zbekiston "Neva iftorligi"da ishtirok etadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishSankt-Peterburg
Sankt-Peterburg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgda muqaddas Ramazon oyining so‘nggi o‘n kunligi munosabati bilan "Neva iftorligi" yoxud "Respublika kunlari" tadbiri o‘tkaziladi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar tarqatgan.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Tadbir doirasida o‘n kun davomida aholisi musulmonlardan iborat respublikalarga bag‘ishlangan kechki tadbirlar o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad Sankt-Peterburg ahlini musulmon davlatlar tarixi, madaniyati va an’analari bilan tanishtirish.

O‘zbekistondan tashqari ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Tatarston, Qirg‘iziston, Pokiston, Boshqirdiston va Ozarbayjon davlatlari tomonidan ariza tashlangan.

Tadbir Sankt-Peterburg shahri Musulmonlar diniy boshqarmasi hamda "Safmar" xayriya fondi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0