O‘zbekistonda yangi musiqiy telekanal ishga tushiriladi

© Foto iz lichnogo arxiva pevsaXonanda Sardor Milano
Xonanda Sardor Milano - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Milliy" - (MTV) telekanalida o‘zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Pomidor Entertainment mediakompaniyasi tez kunlarda "Milliy" — (MTV) nomli yangi telekanalning ishga tushiradi, deya xabar qilmoqda uz24.uz.

"Milliy" — (MTV) telekanalida o‘zbek va xorij yulduzlarining ommabop kliplari, eksklyuziv ko‘ngilochar dasturlar, tok-shoular, xit-paradlar, konsertlar, yuqori sifatli badiiy filmlar hamda milliy va chet el seriallari namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Kanal rotatsiyasida har qanday yosh va did sohiblari uchun qo‘shiqlar taqdim etiladi. Telekanal yaqin kunlarda test rejimida efirga uzatiladi. Translyatsiya kabelli va efirli usulda bo‘lib, u O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatadi.
Ayni paytda barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0