YouTube "Islom davlati" video roliklarini avtomatik tarzda blokirovka qila boshladi

Obuna bo‘lish
Ma’lumotga ko‘ra, “Islom davlati” terrorchilik guruhi tomonidan internet tarmog‘iga yuklanayotgan tashviqot mazumunidagi videolar endilikda sanoqli soniyalar ichida blokirovka qilinadi.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Jahondagi eng yirik videoxosting YouTube va Facebook ijtimoiy tarmog‘i ekstremistik mazmundagi videolarni avtomatik tarzda blokirovka qilish tizimini ishga tushirdiYu deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Agentlik ta’kidiga qaraganda, avtomatik tizim “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi tomonidan internetga yuklanadigan tashviqot-targ‘ibot mazmunidagi videolar va shunga o‘xshash boshqa materiallarni tezda blokirovka qilish imkonini beradi.

Ushbu texnologiya avval boshdan mualliflik huquqi bilan himoyalangan kontentlarni izlash va topish maqsadida ishlab chiqilganligi aytilmoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, dastur yaratuvchilari avtomatik blokirovka qilish tizimini yirik internet-kompaniyalarga o‘tgan haftada taqdim etishgan.

Yangiliklar lentasi
0