TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Belorussiyadagi internet tarmog‘i foydalanuvchilari #yechinishva ishlash(#razdevatsairabotat) xeshtegi ostida o‘tayotgan fleshmobda ishtirok etishmoqda. Bu fleshmobga mamlakat prezidentining bayonoti sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.
22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan beshinchi Umumbelorus xalq yig‘inida mamlakat prezidenti Lukashenko "razvivatsya i rabotat", ya’ni "o‘sish(rivojlanish) va ishlash"ga chaqirgan. "Innovatsiya, IT-texnologiyalar, xususiylashtirish- bularning hammasi tushunarli, ularni egallab bo‘lganmiz. Ammo hamma narsa, shu jumladan, bizning hayotimiz ham oddiy narsada ifodalanadi: rivojlanish(o‘sish) va ishlash darkor ("nado razvivatsya i rabotat")" — degan Belorussiya prezidenti.
Ammo, jumla noaniq talaffuz qilingani bois, internet foydalanuvchilari "razvivatsya" so‘zini buzib, ya’ni, "razdevatsya" — "yechinish" tarzida qabul qilganlar.
"Yechin va ishla" fleshmobi Minsdagi ofislarni qamrab oldi. Shu kechayu-kunduzda suratchilar va rassomlar, galeristlar va dasturchilar yechinishmoqda", — deb xabar qiladi Sputnik.
Ushbu aksiyaga agentlik xodimlari ham qo‘shilgan.