Islom Karimov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAfg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani
Afg‘oniston Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov uchrashuvda Ashraf G‘anining yurtimizga ilk tashrifi mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ta’kidladi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Ko‘ksaroyda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

"O‘zbekiston prezidenti uchrashuvda Ashraf G‘anining yurtimizga ilk tashrifi mamlakatlarimiz hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ta’kidladi", deyiladi xabar matnida.

Uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar o‘zaro mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashishgan.

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti samimiy uchrashuv uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirgan, Afg‘oniston mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0