TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Shanxay Hamkorligi tashkiloti davlat rahbarlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammit yakunida ShHTning o‘n besh yilligi Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi.
Deklaratsiya sammitning asosiy yakuniy hujjati bo‘lib, unida tashkilot a’zolarining ShHTni rivojlantirish borasidagi qarashlari jamlangan. Toshkent sammiti yakunida tashkilotning 2016-2020 yillardagi amaliyot dasturi hamda ShHTning 2025-yilga qadar Rivojlanish strategiyasi qabul qilindi.
Undan tashqari, tashkilotning Hududiy Aksil-Terror Tizimi (RATS) Kengashining 2015-yildagi faoliyati haqidagi bayonoti tasdiqlanib, uning 2016-yilgi amaliyot rejasi qabul qilindi.
ShHT rahbarlari kelasi yilgi sammit o‘tkazish sanasi haqida ham kelishib olishdi.
“ShHT davlat rahbarlarining navbatdagi majlisi 2017-yilning 7-8iyunida Ostonada bo‘lib o‘tadi”, — dedi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov.
Keyingi yil ShHTga rahbarlik, tashkilot nizomiga ko‘ra, Qozog‘istonga o‘tdi.