Buyuk Britaniyada ko‘pchillik YeIdan ajralishga ovoz berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDevid Kemeron - Buyuk Britaniya bosh vaziri
Devid Kemeron - Buyuk Britaniya bosh vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan umumxalq referendumida Britaniya aholisining katta qismi Brexit, ya’ni YeIdan ajralish tarafdori bo‘ldi.

TOShKENT, 24-iyun – Sputnik, Mariya Tabak. Buyuk Britaniyada kecha o‘tkazilgan referendumda 16,7 million ovoz bilan Yevropa Ittifoqidan ajralish tarafdorlari g‘olib chiqdi, RIA Novosti xabariga asosan.

YeIda qolish va ajralish tarafdorlari orasida juda kam farq bo‘ldi. Ovozlarni  sanash vaqtida bir necha bor g‘alaba goh u goh bu tomonga o‘tib turdi, lekin sanoq oxirida “ajralish” tarafdorlari g‘olib chiqdi. 

YeI va Buyuk Britaniya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniyada YeIdan chiqish haqida referendum boshlandi

Ushbu referendum yuridik majburiyatga ega emas, ya’ni hukumat va Bosh vazir  uning natijalarini inkor qilishlari mumkin. Lekin ekspertlar fikriga ko‘ra, Devid Kemeronning shaxsan o‘zi ushbu referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqani, uning natijalarini inkor qilishni ancha mushkullashtiradi. Ba’zi siyosatchilar esa Kemeronga iste’foga chiqishni maslahat bermoqda.

Yangiliklar lentasi
0