Islom Karimov va Vladimir Putin alohida uchrashuv o‘tkazishdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi
Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga 24-iyun kuni rejalashtirilgan ShHT davlat rahbarlari uchrashuvi oldidan O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari alohida uchrashu o‘tkazib unda Sammit kun tartibidagi ayrim masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin payshanba kuni kechqurun alohida uchrashuv o‘tkazishdi va unda ShHT rahbarlari sammiti kun tartibiga qo‘yilgan alohida masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.

Prezidentlar uchrashuvida Islom Karimov, ertangi kun bilan bog‘liq bo‘lgan ustuvor masalalar borasida umumiy nuqtayi nazar ishlab chiqish uchun, ularni birgalikda muhokama qilishni taklif qildi.

“Men ushbu taklifni ertaga yig‘iladigan ulkan jamoa oldida, tasodiflar bo‘lmasligi uchun qildim. Rossiya va O‘zbekiston uchun ayrim juda muhim masalalar bo‘icha sizning fikringizni bilmoqchi edim”, — dedi Islom Karimov.

Islom Karimov Rossiya delegatsiyasiga ushbu uchrashuvni tezkorlik bilan uyushtirgani uchun minnatdorchilik bildirdi va o‘zbek san’at ustalari tomonidan Sammit qatnashchilari uchun tashkil qilingan tantanali konsert dasturi Rossiya prezidentiga manzur bo‘lganligiga ishonch bildirdi.

Vladimmir Putin Sammitga ko‘rilgan tayorgarlikka yuqori baho berdi.

“Tashkilotga Hindiston va Pokiston kabi qudratli davlatlarning qo‘shilishi ShHT uchun katta voqea bo‘ladi, albatta. Va bu bizning tashkilot tarixida, Toshkent sammiti sifatida saqlanib qoladi”, — dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya prezidenti O‘zbekiston va Rossiya orasidaga hamkorlik aloqalariga yuksak baho berib uchrashuvda, jumladan, ikki mamlakat orasidagi munosobatlarni ham muhokama qilish niyati borilgini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0