TOShKENT, 23-iyun — Sputnik, Ivan Bulatov. Payshanba kuni Xitoyning Szansu provinsiyasiga dahshatli quyun yopirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
China News Service agentligi xabariga ko‘ra, quyun 78 kishi kishi hayotiga zomin bo‘lgan, yana 500ga yaqin kishi jarohatlangan.
Jarohatlanganlar orasida 200 kishining ahvoli juda og‘irligi ma’lum qilinmoqda.
Xitoyning Yanchen okrugiga yopirilgan quyun vaqtida kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘ishi kuzatilgan. Ko‘plab uylar va binolar jiddiy zarar ko‘rganligi ma’lum qilinmoqda.
Sina portali xabar berishicha, jabr ko‘rgan tumanlar hozirda elektr tokisiz qolgan.