Putin Mongoliyaga uzatiladigan elektr toki hajmini oshirishga va’da berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin, Mongoliya prezidenti Saxiagiyn Elbergdorj va XXR Raisi Si Szinpin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Mongoliya prezidenti Saxiagiyn Elbergdorj va XXR Raisi Si Szinpin. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Prezidenti Toshkentdagi sammit doirasida Mongoliya prezidenti va XXR Raisi bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv davomida Mongoliyaga uzatiladigan elektr toki hajmini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mongoliya rahbari Spxiagiyn Elbergdorj va XXR Raisi Si Szinpin bilan bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuv davomida Mongoliya oldida turgan elektr toki bilan bog‘liq masala yechimini topishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Mongoliyada elektr toki tanqisligiga kelsak, bu jiddiy muammo, biz buni yaxshi tushunamiz. Bu haqda o‘ylab ko‘rish kerak, bu muammoni hal etmoq lozim. Rossiya stansiyalari Mongolyaning shimoliy tomonlariga uzatiladigan elektr toki hajmini oshirishi mumkin", — degan Putin.

Yangiliklar lentasi
0