Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni Toshkent aeroportida kutib oldi

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yubiley sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

TOShKENT 23-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyeyov kutib oldi.

ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini meyoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0