TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Xalqaro Og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) O‘zbekiston terma jamoasini 2016-yil Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaning bir kvotasidan mahrum qildi, tashkilot rasmiy sahifasida e’lon qilingan matbuot xabari asosida.
Ushbu qaror federatsiya ijroiya qo‘mitasining Tbilisida bo‘lib o‘tayotgan majlisida qabul qilingan. Buning sababi, kvalifikatsiya musobaqalari davomida, O‘zbekiston og‘ir atletika jamoasi sportchi ayollaridan bir necha bor doping topilgani bo‘lgan.
O‘zbekiston Og‘ir Atletika federatsiyasi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu xabarga izoh berishmadi, chunki ular hozircha IWFdan bu haqda rasmiy xabar olmagan ekan.
O‘zbekiston Og‘ir Atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashkilot rahbariyati ayni damda Tbilisida ekan. Qarorning barcha tafsilotlarni aniqlanganidan keyin ular bu haqda rasmiy bayonot qilishr ekan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi oxirgi uch yil davomida mamlakat sportchilaridan hech kimdan doping topilmagani haqida aytib o‘tgandi.
Undan tashqari Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Braziliyaga borishdan oldin olimpiya litsenziyasi olgan barcha sportchilarni doping-testdan o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Ushbu testlar iyun-iyul oylarida WADA (Xalqaro Anti-doping qo‘mita) vakili ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.