Emomali Rahmon Islom Karimovni Tojikistonga taklif qildi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookO‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Toshkentdagi sammit vaqtida.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Toshkentdagi sammit vaqtida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmon O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va qulay vaqt bo‘lganida, Tojikistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkentda, ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati.

Uchrashuvda mamlakatlarimizda hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta’kidlandi. Savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Emomali Rahmon Tojikiston O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lganini ta’kidladi. Mazmunli uchrashuv uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0