TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. 2016-yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari Jeffri Feltman bilan uchrashdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra.
Jeffri Feltman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining majlisi ishida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida mintaqaviy masalalarga hamda Orol dengizi ekologik fojeasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner ishtirok etdi.