TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. fg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23-iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini meyoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.