Dushanbeda birinchi AShAN ochildi

© Press-slujba prezidenta RTO‘rta Osiyoda birinchi Ashan
O‘rta Osiyoda birinchi Ashan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gipermarket, maydoni 5 ming kv.m bo‘lgan savdo markazida joylashgan. Loyiha qiymati 110 mln somoniyni (14 mln $) tashkil qildi.

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonov O‘rta Osiyoda birinchi “Ashan” ochilishi marosimida shaxsan qatnashdi,  Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

"Tojikiston bozoriga taniqli chet el kompaniyalarining kelishi, bu dastavval Tojikiston hukumatining mamlakatda sarmoyalar uchun qulay iqlim yaratganidan dalolat beradi. Mamalkat qonunlari chet ellik va mamalkat ichidagi korxonalar uchun bir xil sharoit yaratadi”, — deb Tojikiston rahbarining so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.

Maydoni 5000 kv.m., to‘rt qavatli, qiymati 110 mln somoni (14 mln $) bo‘lgan “Dushanbe moll” nomli savdo markazi uch yil davomida qurib bitkazildi. 

Ashan brendi egasi Fransiyaning Schiever kompaniyasidir. 2013 yilda Yevropa Rivojlanish va Taraqqiyot banki (YeBRR) ushbu loyihani amalga oshirish uchun 5 millionov Yevro mablag‘ ajratgan edi.

“Zamonaviy savdo tizimini ishga tushirish Tojikiston uchun o‘ziga xos revolyutsiya bo‘ladi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini oshirish uchun xizmat qiladi”, — dedi "Schiever Tadjikistan" korxonasi bosh direktori Frederik Lobbev. Shuningdek Lobbev Tojikistonda Ashan aholining suhabbatiga sazovor bo‘lishiga umid bildirdi.

Schiever International kompaniyasi dunyoning turli mamalkatlarida 3 mingdan ziyod savdo markazlariga ega. Kelajakda korxona Tojikistonning boshqa shaharlarida ham gipermarketlar ochish niyatida.

Rossiyada birinchi Auchan gipermarketi 2002-yilda ochilgan edi. Bugungi kunda ushbu tarmoq 211 gipermarketga ega. Auchan gipermarketi narxlar arzonligi va kerakli oziq-ovqat mahsulotlari va xo‘jalik mollarini nisbatan arzon narxda bir joydan sotib olish imkoni bilan boshqa magazinlardan ajralib turadi.

Yangiliklar lentasi
0