TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 23-iyun kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Bu haqda Hindiston Bosh vazirining Twitter sahifasida xabar qilingan.
Toshkent xalqaro aeroportida mehmonni O‘zbekiston Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Sammit maydonida Modi jahon yetakchilari bilan uchrashadi.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitda tashkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni oxiriga yetkazilishi kutilmoqda. Qozog‘istonda 2017-yilda bo‘lib o‘tadigan sammitda bu ikki davlat tashkilotning to‘laqonli a’zosi sifatida ishtirok etadi.