"Qamchiq" tunneli va Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ochildi

© "Uzbekiston temir yullari""Angren-Pop" temir yo‘lidagi "Qamchiq" temir yo‘l tunnelining ochilishi
Angren-Pop temir yo‘lidagi Qamchiq temir yo‘l tunnelining ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
22 iyun kuni “O‘zekspomarkazda” Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin qatnashdi.

 

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik.  O‘zbekiston Temir yo‘llar AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 22-iyun kuni “O‘zekspomarkazda” Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘lining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Xitoy xalq respublikasi raisi Si Szinpin qatnashdi.

Islom Karimov ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim tarixiy voqea bo‘lganligini va uning qurilishi O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi arafasida yakunlangani uning ahamiyatini yanada oshirganini ta’kidladi.

“O‘zekspomarkaz”da tashkil qilingan tantanali ochilish marosimida prezidentlar va tunnel qurilshida ishtirok etgan mutaxassislar orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri teleko‘prik o‘rnatildi.  

Prezidentlar birgalikda ushbu yo‘ldan ilk bor harakatga tushgan, bir elektrovoz va to‘rt yo‘lovchi vagondan iborat bo‘lgan poyezdni “Qamchiq” temir yo‘l tunnelidan o‘tishga ruxsat beruvchi svetoforni yoqish uchun maxsus tugmani bosishdi.

Shundan so‘ng “Chima Railway Tunnel Groupkompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Rahmatov birgalikda ushbu poezdda, tunnel orqali sharqiy portal tomonga yo‘l olishdi.

Dastlabki poezd uzunligi 19,2 kilometrlik er osti yo‘lini 16 daqiqayu 30 soniyada bosib o‘tdi. Tantanali marosim munosabati bilan tunnelning ikki tomonida yig‘ilgan ko‘p sonli mutaxassislar, temiryo‘lchilar, jamoat tashkilotlari vakilari, mehnat faxriylari, hamda xorijlik mehmonlar poezdning o‘tishini juda katta quvonch va shodi xurramlik bilan kutib oldilar.

Shundan so‘ng “Chima Railway Tunnel Groupkompaniyasi raisi Yuy Baolin va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ochilboy Rahmatov “Angren-Pop” temir yo‘lining foydalanishga tayor ekanligini e’lon qilishdi.

Ushbu loyihania amalga oshirish uchun ajratilgan 1 milliard 633,7 mln. AQSh dollarlidan bugungi kunda tunneldan tashqari ishlarni amalga oshirish uchun jami 810 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi. Tunnel qurilishiga yo‘naltirilgan 455 mln. dollarlik mablag‘ to‘liq o‘zlashtirildi.

Ushbu loyiha doirasida 285 sun’iy inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, 15 ta temir yo‘l ko‘priklari va 6 ta yo‘l o‘tkazgich (puteprovod), 4 ta stansiya, 4 ta razyezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi.  124 kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirildi. Bundan tashqari mazkur ulkan loyiha doirasida temir yo‘lchilar uchun o‘nga yaqin turar joy binolari ham barpo etildi.

Mazkur tunnel, dunyo reytingida shu kabi tunnellar ro‘yxatida murakkabligi bo‘yicha sakkizinchi o‘rinni egallaydi.

Qurilish davrida 4 mingdan ziyod ishchi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, shundan 400 nafari muhandislardir, 600 kishi maxsus texnikalardan unumli foydalanilganligi loyihani muddatidan ilgari, sifatli qilib nihoyasiga etkazishga omil bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra temir yo‘ldan foydalanish davrida 1,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

"Angren – Pop" elektrlashtirilgan temir yo‘li Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning qolgan xududlari bilan bog‘lab, yurtimizda yagona milliy temir yo‘l tizimini yaratish borasidagi rejalarni to‘liq amalga oshirishga zamin yaratdi. Tahlillarga ko‘ra ushbu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yiliga 10 mln.tonna xalq xo‘jaligi yuklarini tashish, dastlabki yilda esa 600 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratadi.

Shu bilan birga ushbu yo‘l “Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa” yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotini bundanda rivojlantirishga xizmat qiladi, — deyilgan xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0