TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Angela Merkel “tashqi tahdidlar”ga chap berish uchun Germaniya sarf-harajatlarni oshirishi lozim bo‘ladi, deya bayonot bergan. RIA Novosti xabari asosida.
Kanslerning fikricha, Yevropa Ittifoqi “o‘zini tashqi tahdidlardan himoya qilishga qodir emas va Qo‘shma Shtatlar bilan transatlantik hamkorlikka umid qilish bilan cheklana olmaydi”.
"Bugungi kunda Germaniya YaIMning 1,2 foizini mudofaaga sarflaydi. AQShda esa bu ko‘rsatkich 3,4 foizni tashkil qiladi. Bu ikki ko‘rsatkich o‘zaro yaqin kelishi kerak”, — degan Merkel.
Nemis hukumati rahbari, shuningdek, mudofaani boshqalarga topshirib qo‘yish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini qo‘shimcha qilgan.